Tirkama ostidagi yashirin yuk

Date:

Surxondaryodagi “Ayritom” chegara bojxona postida Afg‘onistondan kirib kelgan yuk avtomobili tekshirilganda, tirkama polining ostiga yashirilgan 98 ta o‘ram aniqlandi.

O‘ramlar to‘rt qavat qilib maxsus qadoqlangan bo‘lib, ularning 79 tasidan 42 kilogramm 335 gramm “gashish”, 19 tasidan esa 10 kilogramm 260 gramm “opiy” topildi. Shu tariqa jami 52 kilogramm 595 gramm giyohvandlik vositasini O‘zbekistonga olib kirishga urinishning oldi olindi.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilib, noqonuniy yukni qabul qilishi kerak bo‘lgan shaxslar aniqlanmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun keldi

Toshkent shahrida muaytay sport turi bo‘yicha U-23 yosh toifasi...

Maktablar qishga shaymi?

Qiziriq tumanidagi umumta’lim maktablarida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, o‘quvchilar...

Surxondaryo tajribasi Qoraqalpog‘istonda

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumanida Surxondaryo viloyati tajribasi asosida bir...

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...
KunTun
KunTun