Harbiylar oilalari uchun tikuv sexi ish boshladi

Date:

Surxondaryodagi harbiy qismlardan birida harbiy xizmatchilar oila a’zolari va xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan yangi tashabbus amalga oshirildi. Bu yerda zamonaviy tikuv sexi ish boshlagan bo‘lib, u so‘nggi rusumdagi tikuv mashinalari, bichish va tayyorlov stollari hamda zarur jihozlar bilan ta’minlangan.

Yorug‘ va shinam xonalarda mehnat qilayotgan chevarlar matolarni bichish, o‘lchash hamda kiyim-kechak va turli tekstil mahsulotlarini tayyorlash bilan shug‘ullanmoqda. Yangi sex xotin-qizlarga kasb-hunar egallash va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lish imkonini berishi bilan ahamiyatli.

Mazkur ishlar harbiy xizmatchilar oilalarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Islomjon Muxamadaliyev,
harbiy xizmatchi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun keldi

Toshkent shahrida muaytay sport turi bo‘yicha U-23 yosh toifasi...

Maktablar qishga shaymi?

Qiziriq tumanidagi umumta’lim maktablarida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, o‘quvchilar...

Surxondaryo tajribasi Qoraqalpog‘istonda

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumanida Surxondaryo viloyati tajribasi asosida bir...

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...
KunTun
KunTun