Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxtako‘pir tumanidan 32 nafar yosh Jarqo‘rg‘on tumanidagi harbiy qismda “Jasorat maktabi” loyihasi doirasidagi 10 kunlik o‘quv-yig‘inida ishtirok etmoqda.
Yoshlar davomida harbiy hayot tartibi bilan tanishib, amaliy mashg‘ulotlar va sport sinovlarida qatnashmoqda. Shuningdek, ular ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali vatanparvarlik, jamoaviylik va intizom ko‘nikmalarini mustahkamlamoqda. O‘quv-yig‘in doirasida yoshlar Surxondaryoning tarixiy va diqqatga sazovor maskanlarini ham ziyorat qilmoqda.

