Uzun tumanida “Jasorat maktablari”ga qabul qilingan o‘quvchilarning tantanali va’da berish tadbiri o‘tkazildi. Unda yoshlar Vatanga sadoqatli bo‘lish, intizomga qat’iy rioya qilish va zimmasidagi vazifalarni sidqidildan bajarishga va’da berdi.
Tadbir Prezidentning 2024-yil 15-noyabrdagi PQ-393-son qarori asosida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning jismoniy va ma’naviy tayyorgarligini oshirish yo‘lidagi ishlarning amaliy ifodasi bo‘ldi.
Tantanali va’da yoshlar uchun nafaqat yangi bosqichning boshlanishi, balki Vatan oldidagi mas’uliyatini his etishga undovchi muhim qadam bo‘ldi.

