SURXONDARYODA 11 MILLIONDAN ORTIQ KO‘CHAT EKILADI

Date:

Surxondaryoda “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumiga tayyorgarlik ishlari boshlandi. Joriy mavsumda viloyat bo‘ylab 11 million 187 ming tupdan ortiq ko‘chat ekish rejalashtirilgan.

Angor tumanida o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov yashil bog‘ va o‘rmon hududlarini kengaytirish, ko‘chat plantatsiyalarini tashkil etish hamda hudud iqlimiga mos daraxt turlarini tanlash masalalariga e’tibor qaratdi.

Kuzgi mavsumda Angor tumanida qariyb 783 ming tup ko‘chat ekiladi. Ilg‘or mahallasida esa yashil belbog‘ barpo etish uchun bir gektar maydonda 1 667 tup ko‘chat ekish ko‘zda tutilgan. Hudud sharoitiga mos tut, katalpa, Eldor qarag‘ayi, jiyda, qayrag‘och va archa-tuya kabi daraxtlar tanlanadi. Eng muhimi, ko‘chatlarni ekish bilan birga ularni sug‘orish va parvarishlash tizimi ham yo‘lga qo‘yiladi.

Yashil belbog‘larni kengaytirish orqali hududlarni shamol va changdan himoyalash, ekologik muhitni yaxshilash maqsad qilingan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ustoz va murabbiylar eʼzozlandi

1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Surxondaryoda...

Harbiy ta’lim fidoyilari e’tirof etildi

1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Janubiy...

Qidiruvdagi avtomobillar aniqlanmoqda

Sud va boshqa organlar hujjatlari ijrosini ta’minlash, qarzdorliklarni undirish...

Oilaviy bog‘cha badali byudjetdan qoplanadi

O‘zbekistonda ishlayotgan onalarga farzand tarbiyasi va mehnat faoliyatini uyg‘unlashtirish...
KunTun
KunTun