SPORT MUSOBAQALARIGA START BERILDI

Date:

Termiz shahrida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi ommaviy sport musobaqalariga start berildi.

Termiz davlat universitetida musobaqalarning tantanali ochilish marosimi o‘tkazilib, bellashuvlarga respublikaning barcha hududlarida bir vaqtning o‘zida markazlashgan studiya orqali onlayn tarzda start berildi.

Tadbirda Surxondaryodagi oliy ta’lim muassasalari mas’ullari, viloyat sport boshqarmasi o‘rinbosari Sanjar Nuriyev, professor-o‘qituvchilar hamda faol va sportchi talabalar ishtirok etdi.

Musobaqalar yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobatni kuchaytirish, sportga qiziqishni oshirish va iqtidorli talabalarni yangi marralar sari ruhlantirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bepul reabilitatsiya imkoniyatlari kengaytirildi

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya va protezlash markazlariga yo‘llashning...

Mehnat qadri – e’tibor va rag‘batda

Madaniyat sohasi vakillari xalqning ma’naviy merosini asrash, milliy qadriyatlarni...

Pul o‘tkazmalarida yangi tartib

2026-yil 16-noyabrdan masofaviy moliyaviy xizmatlardan foydalanish xavfsizligiga oid yangi...

Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda

Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarining faoliyati, o‘quv jarayonlari sifati va...
KunTun
KunTun