50 NAFAR PEDAGOG TAQDIRLANDI

Date:

Ta’lim sohasida samarali mehnat qilayotgan, o‘zining bilim va tajribasi bilan yosh avlod tarbiyasiga munosib hissa qo‘shayotgan pedagoglarning fidokorona faoliyati e’tirof etildi.

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda boshqarma boshlig‘i Bekzod Tashpulatov so‘zga chiqib, ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdi hamda ularning mehnatiga minnatdorlik bildirdi.

Tantanali tadbirda 9 nafar pedagogga “Xalq ta’limi fidoyisi”, 41 nafar pedagogga esa “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishonlari topshirildi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan taqdim etilgan mazkur tarmoq mukofotlari pedagoglarning ko‘p yillik fidokorona mehnati va ta’lim rivojiga qo‘shayotgan munosib hissining e’tirofi bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ustoz va murabbiylar eʼzozlandi

1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Surxondaryoda...

Harbiy ta’lim fidoyilari e’tirof etildi

1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Janubiy...

Qidiruvdagi avtomobillar aniqlanmoqda

Sud va boshqa organlar hujjatlari ijrosini ta’minlash, qarzdorliklarni undirish...

Oilaviy bog‘cha badali byudjetdan qoplanadi

O‘zbekistonda ishlayotgan onalarga farzand tarbiyasi va mehnat faoliyatini uyg‘unlashtirish...
KunTun
KunTun