Ustozlar eʼzozda

Date:

1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Termiz davlat universiteti jamoasi uchun bayram tadbirlari tashkil etildi.Universitet jamoasi uchun “Versal” tantanalar saroyi, “Kazan” va “Lazzat” kafelarida o‘tkazilgan tadbirlarda professor-o‘qituvchilar hamda barcha xodimlar ishtirok etdi.

Tadbirda universitet rektori A. Toshqulov ustoz va murabbiylarni bayram bilan samimiy muborakbod etib, TerDU jamoasining so‘nggi yillarda erishayotgan yutuqlarida fidoyi ustozlarning bilim, tajriba va mehnati muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.

Bayram dasturidan kuy-qo‘shiqlar, badiiy chiqishlar va ijodiy namoyishlar o‘rin oldi. Shuningdek, universitetning professor-o‘qituvchilari, xo‘jalik va texnik xodimlari munosib mehnati uchun bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.

Ustoz va murabbiylarga bo‘lgan samimiy ehtirom, minnatdorlik va faxr tuyg‘ulariga boy ushbu kun TerDU jamoasi uchun unutilmas bayramga aylandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ustoz va murabbiylar eʼzozlandi

1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Surxondaryoda...

Harbiy ta’lim fidoyilari e’tirof etildi

1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Janubiy...

Qidiruvdagi avtomobillar aniqlanmoqda

Sud va boshqa organlar hujjatlari ijrosini ta’minlash, qarzdorliklarni undirish...

Oilaviy bog‘cha badali byudjetdan qoplanadi

O‘zbekistonda ishlayotgan onalarga farzand tarbiyasi va mehnat faoliyatini uyg‘unlashtirish...
KunTun
KunTun