Oltinsoy tumanida sud binosi kapital rekonstruksiyadan chiqarilib, zamonaviy talablar asosida yangilandi va foydalanishga topshirildi. Yangilangan binoning ochilish marosimida tuman hokimi Otabek Mavlyanov, Surxondaryo viloyati sudi raisi Tolib Saydullayevich Bayzakov, sud-huquq sohasi faxriylari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Rekonstruksiya natijasida sud faoliyatini samarali tashkil etish uchun zarur sharoitlar yaratildi. Ayniqsa, fuqarolarning sudga murojaat qilishi va sud jarayonlarida ishtirok etishi uchun qulay muhitni ta’minlashga e’tibor qaratildi.
Tadbirda zamonaviy infratuzilma sud ishlarini tashkil etishning muhim qismi ekani, eng muhimi esa bu sharoitlar odil sudlovning ochiqligi va fuqarolarning huquqlarini ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

