Profilaktika inspektorlariga yangi faxriy unvon

Date:

Profilaktika inspektorlarining uzoq yillik va samarali xizmatini munosib rag‘batlantirishga qaratilgan yangi faxriy unvon joriy etilishi taklif qilinmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektori” faxriy unvonini ta’sis etish haqidagi qonun loyihasi muhokama qilindi. Mazkur unvon jamoat xavfsizligini ta’minlash, mahallalarda xavfsiz muhit yaratish va huquq-tartibotni mustahkamlash yo‘lida ko‘p yillar samarali xizmat qilgan, kasbiy mahorati va fidoyiligi bilan namuna ko‘rsatgan profilaktika inspektorlariga berilishi nazarda tutilmoqda.

Qonun loyihasida faxriy unvonning nomi, uni berishning huquqiy asoslari hamda ko‘krak nishonining tavsifini belgilash taklif etilgan. Demak, mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini mustahkamlash bilan bevosita shug‘ullanuvchi profilaktika inspektorlarining xizmatini alohida e’tirof etishning yangi shakli paydo bo‘lishi mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun