Sariosiyo tumanida hokim yordamchilari uchun “Biznesni ro‘yxatga olish” tadbirini o‘tkazishga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi.
Unda Prezidentning 2026-yil 10-sentyabrdagi PF-190-son Farmoni mazmun-mohiyati hamda tadbirni o‘tkazish tartibi tushuntirildi. “Biznesni ro‘yxatga olish” 15-oktyabrdan 30-noyabrgacha o‘tkazilib, faoliyat yuritayotgan biznes subyektlari, bandlik va asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha statistik ma’lumotlar shakllantiriladi.
Hokim yordamchilariga tadbirkorlar bilan ishlash, ma’lumotlarni aniq va xolis qayd etish hamda savolnomalarni to‘g‘ri to‘ldirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Muhimi, ro‘yxatga olish doirasida taqdim etiladigan ma’lumotlar statistik maqsadlarda shakllantiriladi va ularning taqdim etilishi o‘z-o‘zidan soliq solish uchun asos bo‘lmaydi.

