Olis mahallalarda ham yo‘llar ravon

Date:

Sariosiyo tumanining olis tog‘li Daragiston va Bog‘i Samarqand mahallalarida ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari davom etmoqda.

Tuman hokimi Odiljon Yaqubov mas’ullar bilan birgalikda hududlarda olib borilayotgan ishlarni joyiga chiqib ko‘zdan kechirdi. Asfaltlashning loyiha va qurilish me’yorlariga muvofiqligi, ishlar sifati hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Chekka hududlarda yillar davomida dolzarb bo‘lib kelgan yo‘l muammosining bosqichma-bosqich hal etilishi mahalla aholisi uchun qulaylik yaratmoqda. Yangilanayotgan yo‘llar, avvalo, aholining qatnovini yengillashtirib, hudud infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qiladi.

Mahalla faollari va nuroniylar amalga oshirilayotgan ishlarni ijobiy baholab, olis hududlardagi yo‘l infratuzilmasiga e’tibor kuchayayotganini ta’kidladilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun