Mardlar maydonga chiqdi

Date:

Termiz shahrida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan xalqaro toifadagi hakam, oliy toifali trener Alisher Alimov sovrini uchun respublika turniriga start berildi.

Turnirning ochilish marosimida uzoq yillar sport sohasida faoliyat yuritib, yosh sportchilarni tarbiyalashga hissa qo‘shib kelayotgan Alisher Alimovning xizmatlari e’tirof etildi. Ustozga hurmat ramzi sifatida zarrin to‘n kiydirildi.

Respublikaning turli hududlaridan kelgan o‘smir o‘g‘il-qizlar ishtirok etayotgan musobaqada bellashuvlar 20 ta vazn toifasida davom etmoqda.

Ustoz nomidagi turnir yosh sportchilar uchun nafaqat kuch va mahorat, balki tajriba va mahoratni sinovdan o‘tkazish maydoniga aylandi.

Musobaqalar 24-sentabrga qadar davom etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tazyiq endi yopiq eshik ortida qolmaydi

Ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqishning...

Luvrdagi noyob miniatyurada Movarounnahr izi

XVI asrda Movarounnahr kitobxonalarida rivojlangan o‘ziga xos bezak uslubi...

O‘zbekiston–Koreya hamkorligida yangi ufqlar

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi aloqalar endilikda nafaqat savdo...

Chegarachilar maktabda

Termiz tumanidagi 18-maktab o‘quvchilari uchun harbiy xizmatning mas’uliyati va...
KunTun
KunTun