Propan qimmatlashdimi?

Date:

Birjada suyultirilgan gaz — propanning ulgurji narxi atigi ikki savdo kunida qariyb 65 foizga qimmatlashdi.

17-sentyabrdagi savdolarda 1 tonna propanning o‘rtacha narxi 7 mln 412 ming so‘mdan 11 mln 905 ming so‘mgacha ko‘tarilib, bir kunning o‘zida 60,6 foizga oshgan. 18-sentyabr kuni esa narx yana 2,6 foizga o‘sib, 12 mln 217 ming so‘mga yetgan. Natijada ikki kun ichida bir tonna suyultirilgan gaz narxi 4,8 mln so‘mga qimmatlashgan.

Narxning bunday keskin o‘sishi 17-sentyabrdan boshlab birja savdolarida suyultirilgan gazni sotish narxining oshishiga qo‘yilgan cheklov bekor qilingani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Birja narxidagi bunday o‘zgarish propandan foydalanadigan iste’molchilar uchun xarajatlar oshishi ehtimolini ham kun tartibiga olib chiqadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tazyiq endi yopiq eshik ortida qolmaydi

Ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqishning...

Luvrdagi noyob miniatyurada Movarounnahr izi

XVI asrda Movarounnahr kitobxonalarida rivojlangan o‘ziga xos bezak uslubi...

O‘zbekiston–Koreya hamkorligida yangi ufqlar

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi aloqalar endilikda nafaqat savdo...

Chegarachilar maktabda

Termiz tumanidagi 18-maktab o‘quvchilari uchun harbiy xizmatning mas’uliyati va...
KunTun
KunTun