“KARBON KREDIT” MEXANIZMI YO‘LGA QO‘YILADI

Date:

Iqlim o‘zgarishi sharoitida issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish va “yashil” energiya imkoniyatlaridan samarali foydalanish muhim vazifa ekani ta’kidlandi.

“Yashil” energiyani “karbon kredit”ga aylantirish Qoraqalpog‘istonga yiliga 50–100 million dollargacha daromad keltirishi mumkin.

Mutasaddilarga bir oy muddatda “karbon kredit” mexanizmini hududda yo‘lga qo‘yish, shuningdek, yirik importyor davlatlar bilan muzokaralar o‘tkazish topshirildi.

“Karbon kredit” eksportidan tushadigan mablag‘lar infratuzilmani rivojlantirish uchun ajratilayotgan mablag‘larga qo‘shimcha bo‘lib, Qoraqalpog‘istonning o‘zida qoladi.

Shuningdek, yil yakunigacha Orolning 50 ming gektar maydonida “o‘rmon karbon krediti” dasturini boshlash vazifasi belgilandi. Mazkur yo‘nalish ekologik vaziyati og‘ir hududlarda daraxt ekishni moliyalashtirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun