20 nafar mutaxassis ishki boʻldi

Date:

Qumqo‘rg‘on tumanining “Yangi shahar” mahallasida zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan “Nafis Dental” xususiy stomatologiya klinikasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimi Farrux Xoliqov, mutasaddilar, nuroniylar, mahalla faollari hamda tibbiyot sohasi vakillari ishtirok etdi. Klinikada malakali shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlaridan iborat 20 nafar mutaxassis faoliyat yuritadi. Muassasa zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlangan.

Yangi klinika aholiga qulay sharoitlarda sifatli va zamonaviy stomatologik xizmatlardan foydalanish imkonini beradi.

Muassasaning ishga tushirilishi hududda tibbiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, aholi salomatligini mustahkamlash va yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun