Muzrabot tumanining “Oriyat” mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va jismoniy faollikni oshirishga qaratilgan «Sog‘lom hayot uchun 5 000 qadam» tadbiri tashkil etildi.
Unda mahalla nuroniylari, tashkilot va muassasalar xodimlari hamda mahalliy aholi vakillari faol ishtirok etdi. Ishtirokchilar belgilangan yo‘nalish bo‘ylab piyoda yurib, jismoniy faollikning inson salomatligi uchun muhim ekanini amalda namoyon etdilar.
Tadbir davomida piyoda yurishning kundalik hayotdagi ahamiyati, faol harakat qilish va sog‘lom turmush tarziga rioya etish borasida targ‘ibot ishlari olib borildi. Bunday ommaviy tadbirlar aholining salomatlikka e’tiborini kuchaytirish, jismoniy faollikni kundalik odatga aylantirish hamda mahallada sog‘lom muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.

