Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Date:

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining oldini olishga qaratilgan amaliy tashabbusni yo‘lga qo‘ymoqda. Buning uchun yo‘l chetlariga basketbol savatiga o‘xshash maxsus chiqindi savatlari o‘rnatilib, haydovchi va yo‘lovchilarga chiqindini yo‘lga emas, belgilangan joyga tashlash imkoniyati yaratilmoqda.

Oddiy, ammo amaliy bu yechim yo‘l bo‘ylariga sochilib ketadigan plastik idishlar, qog‘oz va boshqa maishiy chiqindilarni kamaytirish, dalalar hamda qishloq xo‘jaligi hududlarining tozaligini saqlashga xizmat qiladi. Tashabbusning ahamiyati shundaki, chiqindini tashlamaslikni talab qilish bilan birga, uni belgilangan joyga tashlash uchun qulay sharoit ham yaratilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun