Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi faqat nazariy tushunchalar bilan emas, amaliy mashg‘ulot va kasbiy ko‘nikmalar orqali ham shakllanadi. Jarqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan “Ochiq eshiklar kuni” aynan shu jihati bilan yoshlar uchun qiziqarli bo‘ldi.
“Vatanparvar” tashkilotining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda 12- va 28-umumta’lim maktablarining 60 nafardan ortiq o‘quvchisi ishtirok etdi. Yoshlar tashkilot faoliyati, harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishlari, haydovchilikka tayyorgarlik hamda o‘q otish sporti bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.

