Yo‘l bo‘yidagi xizmatlar salohiyati oshirilmoqda

Date:

Angor tumanida M-39 xalqaro avtomobil yo‘li bo‘yida xizmat ko‘rsatish, savdo va turizm infratuzilmasini kengaytirishga qaratilgan loyihalar amalga oshirilmoqda. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududga tashrifi davomida avtomobil yo‘lining 27-kilometrida barpo etilayotgan zamonaviy bolalar bog‘chasi hamda maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi loyihalari bilan tanishdi.

Shuningdek, to‘yxona va xizmat ko‘rsatish majmuasini o‘z ichiga olgan “Diyorbek” to‘yxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda 10 nafar bolaning xatna to‘yi o‘tkazilib, ularga sovg‘alar topshirildi. Tashrif davomida “Angor Agro Star” loyihasida olib borilayotgan ishlar ham ko‘zdan kechirildi. Sayyohlarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirishga mo‘ljallangan “Turizm sayyohgohi 24/7” loyihasining qurilish jarayoni ham nazorat qilindi.

Mas’ullarga obyektlarni belgilangan muddatda va sifatli yakunlash, M-39 yo‘li bo‘yidagi xizmatlar ko‘lamini kengaytirish hamda tumanning turistik salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun