Ustozimiz UNESCO minbarida

Date:

Fransiyaning Parij shahrida UNESCOning Raqamli ta’lim haftaligi — 2026 doirasida “Sun’iy intellekt davrida ta’lim: Faktlar, muammolar, yangi ufqlar” mavzusida xalqaro tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda turli mamlakatlardan pedagoglar, ekspertlar va ta’lim sohasi vakillari ishtirok etib, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarning ta’limdagi o‘rni yuzasidan fikr almashdi.

Quvonarlisi, Termiz shahridagi Prezident maktabi ingliz tili o‘qituvchisi Durdona Boynazarova xalqaro panel sessiyasida jahon ustozlari nomidan so‘zga chiqib, sun’iy intellekt davrida pedagoglarning o‘rni va ta’lim siyosatini shakllantirishdagi ishtiroki haqida fikr bildirdi.

Shuningdek, Behruz Ruziyev va Sevara Shamsiyeva ham tadbirda o‘z taqdimotlari bilan qatnashdi. E’tiborlisi, UNESCOning Parijdagi Raqamli ta’lim haftaligi tarixida ilk bor maktab o‘qituvchilari ta’lim vazirlari bilan bir qatorda panel sessiyalarida ishtirok etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sud ishiga aralashishning jazosi og‘ir

Sudning xolisligiga aralashish va adolatli qaror qabul qilinishiga ta’sir...

“Paxtaoy”da yangi bunyodkorlik davri boshlandi

Termiz davlat universitetiga qarashli “Paxtaoy” maskanida hududni zamonaviy dam...

Birdamlikda gap ko‘p

Mahalla obodligi, avvalo, odamlar kundalik hayotida seziladigan qulaylik va...

Qiziriqda bunyodkorlik ishlari: sifat va muddatga qat’iy talab

Hudud qiyofasini o‘zgartirayotgan har bir bunyodkorlik loyihasining qiymati faqat...
KunTun
KunTun