Termiz davlat universiteti talabalari Qozog‘istonning Qizilo‘rda shahrida o‘tkazilayotgan “65 yil — Inson koinotda” xalqaro o‘quv seminarida ishtirok etmoqda.
Qorqit ota nomidagi Qizilo‘rda universiteti tomonidan tashkil etilgan seminarda yoshlar koinotni o‘rganish, ilm-fan va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha bilimlarini boyitish bilan birga, xorijiy tengdoshlari bilan tajriba almashmoqda.
Tadbir TermizDU talabalari uchun xalqaro akademik aloqalarni kengaytirish, yangi bilim va tajriba orttirish hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

