Bandixon tumanining Polvontosh mahallasida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Aholi yillar davomida kutilgan “Mo‘nka” ko‘chasining 1,2 km qismida tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda.
Tuman hokimi Abdumalik Allamuradov jarayonni shaxsan ko‘zdan kechirib, ishlarning sifati va belgilangan mezonlarga mosligini nazorat qildi hamda asfalt uzoq yillar aholiga xizmat qilishi shartligini ta’kidladi.
Bu shunchaki yo‘l qurilishi emas, balki mahalla infratuzilmasini yaxshilash, hudud qiyofasini zamonaviylashtirish va aholining turmush farovonligi hamda qulayligini oshirishga qaratilgan amaliy e’tibor namunasidir.

