Zoʻravon pedagoglar tizimdan chetlatiladi

Date:

Oʻzbekistonda taʼlim muassasalarida bolalarga nisbatan sodir etiladigan jismoniy yoki ruhiy zoʻravonlik uchun javobgarlik sezilarli darajada kuchaytirildi. Prezident tomonidan 11-sentabrda imzolangan yangi qonunga koʻra, bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish majburiyati yuklangan shaxslar:

Maʼmuriy jarimaga tortiladi: Bolaga nisbatan jismoniy zoʻravonlik yoki ruhiy tahqirlash sodir etilganligi uchun BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha jarima solinadi.

1 yilga taʼlimdan chetlatiladi: Bunday huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar 1 yil davomida bogʻchalar, maktablar, litseylar va boshqa qoʻshimcha taʼlim muassasalarida pedagogik faoliyat yuritish huquqidan mahrum etiladi.

Shuningdek, qonunga muvofiq, davlat taʼminotidagi bolalarga ota-onalar tomonidan aliment toʻlashni bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, aliment miqdorini kamaytirish jarayoniga esa «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi jalb etiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun keldi

Toshkent shahrida muaytay sport turi bo‘yicha U-23 yosh toifasi...

Maktablar qishga shaymi?

Qiziriq tumanidagi umumta’lim maktablarida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, o‘quvchilar...

Surxondaryo tajribasi Qoraqalpog‘istonda

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumanida Surxondaryo viloyati tajribasi asosida bir...

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...
KunTun
KunTun