Ishlasa ham nafaqa oladi

Date:

2027-yil 1-yanvardan mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan, bir yoshgacha farzandi bor ayollarga bola parvarishlash nafaqasi to‘lanadi.

Prezident farmoniga muvofiq, nafaqa xodimning homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugagan kundan boshlab farzandi 1 yoshga to‘lguniga qadar Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tomonidan beriladi. Bu tartib farzandi bir yoshga to‘lmasdan ishga qaytgan ayollar uchun ham muhim ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash chorasi hisoblanadi.

Shuningdek, 2027-yildan aholining ijtimoiy yordamga ehtiyojini aniqlashda oilaning moliyaviy holati bilan birga sog‘liq, nogironlik, tashqi mehnat migratsiyasi va ko‘p farzandlilik kabi mezonlar ham hisobga olinadi.

Mazkur yangilik ishlayotgan onalarni qo‘llab-quvvatlash, oilalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda bola parvarishi davrida ayollar uchun qo‘shimcha kafolatlar yaratishga qaratilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Asadbek boʻsh kelmadi

Toshkent shahrida dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro turnirda Termiz davlat...

TerDUda amerikalik mutaxassis ish boshladi

AQSh Elchixonasi huzuridagi Mintaqaviy ingliz tili bo‘limi (RELO) vakillari...

Sinovlar boshlandi

Termiz davlat universitetida 2026/2027-oʻquv yili uchun bakalavriat va magistratura...

Qumqo‘rg‘onda yangi mini-stadion ochildi

Qumqo‘rg‘on tumanining Bobolochin mahallasida yoshlar va aholi uchun mo‘ljallangan...
KunTun
KunTun