Taʼlim hamkorligi kengayadi

Date:

Surxondaryo ta’lim tizimining xalqaro aloqalarini rivojlantirish, zamonaviy tajribalarni o‘rganish va kadrlar salohiyatini oshirishga qaratilgan muhim kelishuvlarga erishildi. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiya Belarus Respublikasi Ta’lim vaziri Andrey Ivanets bilan uchrashib, ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Kelishuvlarga ko‘ra, Termiz davlat universitetida axborot texnologiyalari, pedagogika va rus tili, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida esa qishloq xo‘jaligi, agrotexnologiya va texnik yo‘nalishlarda qo‘shma dasturlar hamda professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, Surxondaryodagi “in vitro” laboratoriyalariga Belarus mutaxassislarini jalb etish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar yakunida Surxondaryo va Belarusning yetakchi ta’lim muassasalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kamonchilar sinovdan oʻtdi

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli...

Erta nikoh – ikki holatda mumkinmi?

Erta nikohning oldini olish va voyaga yetmaganlarning huquq hamda...

Taʼlim hamkorligi kengayadi

Surxondaryo ta’lim tizimining xalqaro aloqalarini rivojlantirish, zamonaviy tajribalarni o‘rganish...

Eski bozor hududi yangilanmoqda

Muzrabot tumanida aholi uchun qulay va zamonaviy muhit yaratish...
KunTun
KunTun