Marafonda barcha faol

Date:

Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jismoniy faollikni oshirish maqsadida Qiziriq tumanida “Sog‘lom hayot uchun — 5000 qadam” shiori ostida sog‘lomlashtiruvchi marafon tashkil etildi.

Unda tuman hokimi Sh. Allamurotov, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda xodimlari, nuroniylar, yoshlar va jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdi.

Erta tongda boshlangan marafonda ishtirokchilar belgilangan yo‘nalish bo‘ylab 5000 qadam yurib, jismoniy mashqlarni bajardilar. Tadbir ko‘tarinki kayfiyat va hamjihatlik ruhida o‘tdi.

Muntazam piyoda yurish — sog‘lom va faol hayot tarzining muhim qismi. Shu bois bunday ommaviy tadbirlar aholining jismoniy faolligini oshirish, sportga qiziqishini kuchaytirish va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kamonchilar sinovdan oʻtdi

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli...

Erta nikoh – ikki holatda mumkinmi?

Erta nikohning oldini olish va voyaga yetmaganlarning huquq hamda...

Taʼlim hamkorligi kengayadi

Surxondaryo ta’lim tizimining xalqaro aloqalarini rivojlantirish, zamonaviy tajribalarni o‘rganish...

Eski bozor hududi yangilanmoqda

Muzrabot tumanida aholi uchun qulay va zamonaviy muhit yaratish...
KunTun
KunTun