Angor tumanining Do‘stlik mahallasida dehqonchilik va chorvachilik ko‘plab xonadonlar uchun muhim daromad manbai hisoblanadi.
Mahalla ahli orasida 72 yoshli Nurxon bobo Rahimov ham ko‘p yillardan buyon yerga mehr berib, chorva boqib, mehnat qilib kelmoqda. U xonadonida kichik bog‘ yaratib, turli mevali va manzarali daraxtlarni parvarish qilmoqda.
Shuningdek, chorvachilikni ham yo‘lga qo‘ygan Nurxon bobo ayni paytda 30–35 bosh mayda shoxli chorva boqmoqda.
Keksalikni mehnat bilan bezayotgan Nurxon boboning xonadonidagi fayz-u baraka — halol mehnat, tirishqoqlik va tadbirkorlikning ibratli namunasidir.

