Bemorlar holidan xabar olindi

Date:

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Qiziriq tumanida aholiga, ayniqsa, doimiy parvarish va e’tiborga muhtoj fuqarolarga tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda ularni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i A. Sobirov xonadonlarda davolanayotgan og‘ir ahvoldagi bemorlar holidan xabar oldi. Tashrif davomida ularning sog‘lig‘i va davolanish jarayoni o‘rganilib, zarur tavsiyalar berildi.

Shuningdek, ehtiyojdan kelib chiqib, bemorlarga zarur dori-darmon vositalari yetkazib berildi.

Bunday e’tibor inson salomatligini asrash, bemorlarni qo‘llab-quvvatlash va tibbiy xizmatni aholiga yanada yaqinlashtirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun