11-maktabning yangi binosi foydalanishga tayyor

Date:

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida Angor tumanidagi 11-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilmoqda.

Maktab uchun barpo etilgan 240 o‘rinli yangi qo‘shimcha bino foydalanishga topshirishga tayyor. Zamonaviy va qulay sharoitlarga ega mazkur bino ta’lim sifatini oshirish hamda o‘quvchilar uchun munosib muhit yaratishga xizmat qiladi.

Yangi o‘quv yilida maktabga 86 nafar 1-sinf o‘quvchisi qabul qilinishi, jami esa 700 nafardan ortiq o‘quvchi ta’lim olishi kutilmoqda.

Yangi bino maktabdagi mavjud quvvatni oshirib, o‘quvchilar uchun yanada qulay ta’lim sharoitlarini ta’minlaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bepul reabilitatsiya imkoniyatlari kengaytirildi

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya va protezlash markazlariga yo‘llashning...

Mehnat qadri – e’tibor va rag‘batda

Madaniyat sohasi vakillari xalqning ma’naviy merosini asrash, milliy qadriyatlarni...

Pul o‘tkazmalarida yangi tartib

2026-yil 16-noyabrdan masofaviy moliyaviy xizmatlardan foydalanish xavfsizligiga oid yangi...

Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda

Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarining faoliyati, o‘quv jarayonlari sifati va...
KunTun
KunTun