Surxondaryo — mustahkam hamkorlik va cheksiz imkoniyatlar maskani

Date:

“O‘zbekiston – Xitoy” investitsiya forumining tantanali ochilish marosimida Surxondaryoning salohiyatini aks ettiruvchi maxsus videorolik namoyish etildi.

Unda vohaning boy tarixi, qulay strategik joylashuvi, tabiiy va iqtisodiy imkoniyatlari, shuningdek, sanoat, qishloq xo‘jaligi, logistika va turizm sohalaridagi ulkan salohiyati keng yoritildi.

Videorolik orqali xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar, hududda amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalari hamda Xitoy va boshqa xorijiy hamkorlar bilan yo‘lga qo‘yilgan samarali aloqalar namoyish etildi.

Mazkur taqdimot Surxondaryoning investitsiya, savdo va iqtisodiy hamkorlik uchun ochiq hudud ekanini yana bir bor namoyon etdi.

Surxon — imkoniyatlar, hamkorlik va yangi loyihalar sari dadil qadam tashlayotgan voha!

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayramga tayyorgarlik ishlari boshlandi

Yilning eng quvonchli va unutilmas bayramlaridan biri — Yangi...

Surxon suv ombori yangi qiyofa kasb etadi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi Surxon suv ombori hududida turizmni rivojlantirish, dam...

Zo‘ravonlik: xabar berish tartibi belgilandi

Xotin-qizlar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik, voyaga yetmaganlar...

Futbolchilarimiz eng yaxshilar safida

So‘nggi yillarda o‘zbek futbolchilari xalqaro maydonda munosib natijalar qayd...
KunTun
KunTun