“Yangiyer”da bunyodkorlik ishlari qizgʻin pallada

Date:

Aholi uchun qulay va zamonaviy yashash muhitini yaratish, mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi islohotlar izchil davom etmoqda. Qumqo‘rg‘on tumanining “Yangiyer” mahallasida ham “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi” mahallalar dasturi doirasida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.

Loyiha asosida mahalla ichki yo‘llarini asfaltlash, piyodalar yo‘laklari barpo etish, elektr ta’minotini yaxshilash, yangi transformator va beton ustunlar o‘rnatish, tungi yoritish tizimini kengaytirish hamda ariqlarni betonlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Hozirda ichki ko‘chalarga asfalt yotqizish ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda.

Mazkur bunyodkorlik ishlari mahalla infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, aholining turmush sifatini oshirish va hududning yanada obod hamda ko‘rkam qiyofa kasb etishiga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun