Uy hayvonlari ming hujjati boʻladi

Date:

Hayvonlar salomatligini muhofaza qilish, yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish hamda veterinariya nazoratini kuchaytirish maqsadida O‘zbekistonda uy hayvonlarini majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi joriy etilmoqda.

7-avgustdan boshlab it, mushuk, sigir, qo‘y, echki, tuya, ot va cho‘chqalar veterinariya pasporti asosida belgilangan muddatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart. Jumladan, qoramol, qo‘y, echki va tuyalar tug‘ilgandan keyin 14 kun ichida, otlar 4 oygacha, cho‘chqalar 30 kun ichida, it va mushuklar esa 3 oygacha ro‘yxatga olinishi lozim.

Mutaxassislar hayvon egalariga hujjatlarni oldindan rasmiylashtirishni tavsiya etmoqda. Belgilangan talablarni bajarmaslik qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun