Maktablar yangi oʻquv yiliga tayyormi?

Date:

Yangi o‘quv yilini puxta tayyorgarlik bilan kutib olish, o‘quvchilar uchun xavfsiz va zamonaviy ta’lim muhitini yaratish ta’lim sifatini oshirishning muhim shartidir. Shu maqsadda Jarqo‘rg‘on tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘rganish ishlari olib borildi.

Tuman prokurori Komil To‘raqulov hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Chorshanbi Jumayev maktablarning 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirib, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari, sinf xonalari, moddiy-texnik baza hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi bilan tanishdi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, belgilangan ishlarni sifatli yakunlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun