Gʻalabalar shu maydondan boshlanar

Date:

Yurtimizda ommaviy sportni rivojlantirish, yoshlarning sog‘lom va faol turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda.

Shu maqsadda Oltinsoy tumanining “Mo‘minqul” mahallasida barpo etilgan yangi mini stadion tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida tuman hokimi Otabek Mavlyanov ishtirok etib, mahalla ahlini, ayniqsa yoshlarni yangi sport inshooti bilan tabrikladi.Ta’kidlanganidek, zamonaviy sport maydoni yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda iqtidorli sportchilarni kamol toptirishga xizmat qiladi.

Tadbir yakunida ramziy lenta kesilib, mini stadion rasman foydalanishga topshirildi va ilk sport musobaqalariga start berildi. Yangi maskan mahalla yoshlari uchun sog‘lom va mazmunli hayot sari yana bir muhim qadam bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...

Valyuta xatarlari nazoratga olinadi

O‘zbekistonda valyuta kursi va foiz stavkalari o‘zgarishidan kelib chiqadigan...

Jarqo‘rg‘onda fandomat ishga tushdi

Jarqo‘rg‘onda chiqindilarni qayta ishlashga yo‘naltirish va aholining ekologik faolligini...

Velosipeddagi ish kuni

Surxondaryoda rahbarlarning ishga kelib-ketishda velosipeddan foydalanishi orqali sog‘lom turmush...
KunTun
KunTun