Halollik mezoni belgilandi

Date:

Davlat boshqaruvida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish hamda bu illatning oldini olish bugungi kunda eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda Surxondaryoda Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Kengash raisi Abduraim Choriyev boshchiligida o‘tgan yig‘ilishda Oliy Majlis Senati a’zosi Dilbar Suvonova, viloyat prokurori Baxtiyor Babadjanov, hududiy Kengash a’zolari, mutasaddi idoralar rahbarlari va OAV vakillari ishtirok etdi.

Majlisda Prezidentimiz topshiriqlari hamda 2026-yil uchun tasdiqlangan “Yo‘l xarita” ijrosi muhokama qilinib, korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, “Energosavdo” Surxondaryo bo‘linmasi, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi, Biznesni rivojlantirish banki hamda “Hududgaz Surxondaryo” filiali rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

Yig‘ilish yakunida mas’ullarga korrupsiyaning oldini olish, ochiqlikni kuchaytirish va tizimli nazoratni yanada takomillashtirish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi. Bu kabi muhokamalar hududda halollik tamoyillarini mustahkamlash va davlat xizmatlari sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun