Yozning jazirama kunlarida havo haroratining keskin ko‘tarilishi, elektr energiyasi iste’molining ortishi hamda quruq o‘t-o‘lanlar bilan bog‘liq yong‘inlar sodir bo‘lish xavfini oshiradi.
Shu bois respublika-mizda 2026-yil 1-iyul-dan 30-avgustga qadar
“Dolzarb 60 kun” profi-
laktik tadbiri o‘tkazila-yotir. Mazkur tadbir doirasida Oltinsoy tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari mahallalar, ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar hamda aholi gavjum manzillarda yong‘in
xavfsizligini ta’minlash-ga qaratilgan profilaktik va targ‘ibot tadbirlarini olib bormoqda. Uchra-
shuvlar davomida fuqarolarga yong‘inlar-ning kelib chiqish sabab-
lari, ularning og‘ir oqibat-lari hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilmoqda.
Mutaxassislar fuqarolarga quyidagi yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilishni tavsiya etadi:
— elektr simlari va jihozlarining texnik holatini muntazam tekshirib boring;
— nosoz elektr jihozla-ridan foydalanmang;
— gaz jihozlarini nazoratsiz qoldirmang;
— bolalarning gugurt
va boshqa yondiruvchi buyumlar bilan o‘ynashiga yo‘l qo‘ymang;
— quruq o‘t-o‘lan, somon va maishiy chiqindilarni yoqmang;
— avtotransport vositalarini quruq o‘tlar ustiga qo‘ymang;
— korxona va tashkilotlarda birlamchi yong‘in o‘chirish vositalarini doimo soz holatda saqlang;
— yong‘in sodir bo‘lganda zudlik bilan 101 yoki 112 qisqa raqamlariga murojaat qiling.
Hurmatli fuqarolar! Yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish
orqali nafaqat o‘z hayo-tingiz va yaqinlaringizni, balki mol-mulkingizni ham ishonchli himoya qilasiz. Unutmang, yong‘inning oldini olish uni bartaraf etishdan hamisha samaraliroqdir.
A. Abdullajonov,
Oltinsoy tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari,
FVPB boshlig‘i,
katta leytenant

