Quyosh nuri — vohaning yangi kuchi

Date:

Viloyatimiz quyoshli iqlimi va boy tabiiy resurslari bilan nafaqat qishloq xo‘jaligi, balki energetika sohasini rivojlantirish uchun ham katta salohiyatga ega.
Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan energetika islohotlari doirasida viloyatda energiya tejamkorligini oshirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Sanoat korxonalari, xizmat ko‘rsatish obyektlari va yangi uy-joylar sonining ortishi elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojni kuchaytirmoqda. Shu bois sohada faqat yangi quvvatlar yaratish emas, balki mavjud resurslardan oqilona foydalanish ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bu borada viloyatda energiya tejamkor texnolo-giyalar keng joriy etilmoqda. Korxonalarda eski uskunalar zamonaviy, energiya samaradorligi yuqori jihozlar bilan almashtirilmoqda. Ijtimoiy obyektlar va yangi qurilayotgan binolarda issiqlik izolyatsiyasi hamda energiya tejamkor yoritish tizimlaridan foydalanish elektr energiyasi sarfini va ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytirishga xizmat qilmoqda.
Sohada raqamli texnologiyalarning joriy etilishi ham muhim ahamiyatga ega. “Aqlli hisoblagichlar” elektr energiyasi iste’molini aniq hisobga olish, hisob-kitoblar shaffofligini ta’minlash va yo‘qotishlarni kamaytirish imkonini bermoqda. Bu esa energiyadan tejamkorlik bilan foydalanish madaniyatini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Surxondaryo O‘zbekistonning eng quyoshli hududlaridan biri sifatida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlarga ega. Viloyatda quyosh elektr stansiyalarini tashkil etish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu loyihalar elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini oshirish, tarmoqlarga tushadigan yuklamani kamaytirish va aholini barqaror energiya bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
Albatta, sohada elektr tarmoqlarini yanada modernizatsiya qilish, energiya tejamkor texnologiyalarni kengaytirish va energiyadan oqilona foydalanish madaniyatini yuksaltirish kabi vazifalar ham dolzarbligicha qolmoqda. Ularning izchil hal etilishi amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshiradi.
Energetika sohasidagi islohotlar Surxondaryo viloyatining iqtisodiy taraqqiyoti, ekologik barqarorligi va aholi farovonligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Quyosh energiyasi imkoniyatlaridan samarali foydalanish va energiya tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish orqali viloyatning “yashil iqtisodiyot”ga o‘tishi uchun mustahkam zamin yaratilmoqda.

Ahtam Ibrogimov,
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma prokurori

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Adib merosi qalblarga maʼnaviyat ulashdi

Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan harbiy...

Harbiylar o‘rtasida kibersport musobaqasiga start berildi

Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz, Kakaydi va Xayrabod...

Og‘ir toifadan namunali hududga…

Muzrabot tumanidagi “Do‘stlik” mahallasida esayotgan o‘zgarishlar epkini hayot sifatini...

“Adolat” islohotlarga kamarbasta

Ezgu g‘oyalar bilan nishonlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining35 yilligi...
KunTun
KunTun