Finalga kim chiqadi?

Date:

“Ekologik faol kasaba uyushmasi jamoasi” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi yakunlandi. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan mazkur ko‘rik-tanlov natijalariga ko‘ra, ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar, videoroliklar hamda amalga oshirilgan ekologik tashabbuslar belgilangan baholash mezonlari asosida maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqildi.

 Tanlov natijalari baholash me’zonlari talablariga ko‘ra,  Uzun tuman hokimligining “Ekologik faol kasaba uyushmasi jamoasi” 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.  Gʻoliblar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan o‘tkaziladigan taqdirlash marosimiga taklif etiladi. Shuningdek, 1-o‘rin sohibi — Surxondaryo viloyati Uzun tuman hokimligining “Ekologik faol kasaba uyushmasi jamoasi” tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun