Barcha xizmatlar yagona tizimda

Date:

Raqamlashtirish jarayonlari aholi uchun davlat xizmatlaridan foydalanishni yanada qulay, tezkor va shaffof qilishga xizmat qilmoqda. Ana shunday muhim yangiliklardan biri — bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga joylashtirish jarayonining to‘liq elektron shaklga o‘tkazilganidir.

Adliya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi hamkorligida mazkur jarayon “Bir ariza – bir natija” (1-0-1) tamoyili asosida raqamlashtirildi. Endilikda ota-onalar my.gov.uz portali orqali bog‘chaga yo‘llanma olish, uni bekor qilish, tibbiy yo‘llanma va ma’lumotnomalarni rasmiylashtirish, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan shartnomani elektron shaklda tuzish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Avvallari ushbu jarayon bir nechta bosqichlardan iborat bo‘lib, ota-onalardan turli idoralarga murojaat qilish, hujjatlarni yig‘ish va rasmiylashtirish uchun ancha vaqt talab qilinar edi. Endilikda esa barcha jarayonlar yagona raqamli platforma orqali amalga oshiriladi.

Shuningdek, bolani tarbiyalanuvchilar safiga qabul qilish haqidagi buyruqni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish jarayoni ham avtomatlashtirildi. Bu esa inson omilini kamaytirib, xizmatlarning tezkorligi va shaffofligini oshiradi.

Yangi tizim ota-onalar uchun ortiqcha vaqt va hujjatbozlikni qisqartirib, maktabgacha ta’lim xizmatlaridan foydalanishni yanada osonlashtiradi. Eng muhimi, raqamli yechimlar orqali davlat xizmatlarining aholiga yaqinlashuvi va samaradorligi ta’minlanmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun