Xavfsizlik saboqlari bog‘chadan boshlandi

Date:

Yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqshdek mustahkam bo‘ladi. Ayniqsa, bolalik davrida xavfsizlik bo‘yicha shakllangan ko‘nikmalar kelajakda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga xizmat qiladi.

Shu maqsadda Qumqo‘rg‘on tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan 4-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida zilzila va yong‘in sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Unda tarbiyachilar va xodimlarga bolalarni xavfsiz evakuatsiya qilish tartibi hamda birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Bunday targ‘ibot tadbirlari nafaqat pedagoglarning, balki bolalarning ham ongida xavfsizlik madaniyatini shakllantirib, favqulodda vaziyatlarda hayotni asrashga xizmat qiladigan muhim bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

14 ta ijtimoiy obyekt foydalanishga topshirildi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Muzrabot tumanida aholi, ayniqsa, yosh...

Bayram ko‘tarinki ruhda o‘tdi

Bandixon tumani markaziy sport o‘yingohida “Yagona Vatan, yagona xalq...

“Yangi kun” — mehr va e’tibor maskani

Termiz shahrida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan...

Xalq muammosi — deputat e’tiborida

Aholi bilan muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish,...
KunTun
KunTun