2026/2027-o‘quv yilidan boshlab texnikumlarda dual ta’lim asosida tahsil olayotgan talabalar uchun stipendiya tizimi joriy etiladi. To‘lovlar maxsus elektron platforma orqali amalga oshiriladi hamda davomat va o‘zlashtirish natijalari asosida belgilanadi.
Yangi tizim dual ta’limni rag‘batlantirish, malakali kadrlar tayyorlash va yoshlarning kasbiy ta’limga qiziqishini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

