“Oltin qalam” muborak

Date:

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarining fidokorona mehnatini e’tirof etish, sohada yuqori natijalarga erishgan ijodkorlarni rag‘batlantirish milliy jurnalistika taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Bu borada “Oltin qalam” Milliy mukofoti eng nufuzli e’tiroflardan biri hisoblanadi.

27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda “Oltin qalam” XX Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov g‘oliblari e’lon qilindi.

Quvonarlisi, Denovlik shoir Shuhrat Azizov “Eng yaxshi jurnalistik material uchun” yo‘nalishida ushbu nufuzli mukofot bilan taqdirlandi. Ijodkor uzoq yillardan buyon respublika matbuoti va adabiy muhitida samarali faoliyat yuritib, jumladan, Denov tumanidagi “Chag‘oniyon” gazetasi rivojiga ham munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Mazkur yutuq nafaqat ijodkorning mehnatiga berilgan yuksak baho, balki hudud jurnalistikasi va adabiy muhitining salohiyatini namoyon etuvchi muhim e’tirofdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun