Fuqarolar murojaati – e’tibor markazida

Date:

Jarqo‘rg‘on tumanida hokim Ilhom Saparov boshchiligida navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazilmoqda. Unda fuqarolarning uy-joy, yer, bandlik, tadbirkorlik, ichki yo‘llar, elektr energiyasi, ichimlik suvi, kommunal xizmatlar va ijtimoiy himoya bilan bog‘liq murojaatlari ko‘rib chiqilmoqda.

Har bir murojaat sinchkovlik bilan tinglanib, imkon qadar joyida yechim topilmoqda, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar esa aniq muddatlar belgilanib nazoratga olindi.

Shaxsiy qabul davomida tuman hokimi Ilhom Saparov fuqarolar bilan ochiq muloqot qilib, aholi murojaatlariga mas’uliyat bilan yondashish davlat xizmatining ustuvor vazifasi ekanini ta’kidladi.

Fuqarolar bilan doimiy ochiq muloqot va ularning muammolarini qonuniy hamda tezkor hal etish xalq ishonchini mustahkamlash, hududlarni barqaror rivojlantirishning muhim omili bo‘lib xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Faol yoshlar sayohatga yo‘l oldi

Yoshlarni rag‘batlantirish, ularning tarixiy merosga hurmatini mustahkamlash va dunyoqarashini...

Chorrahada ishlar jadallashdi

Yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish va transport harakati xavfsizligini ta’minlash...

Agrotexnik tadbirlar — hosildorlik poydevori

Qishloq xo‘jaligida mo‘l hosilga erishish, avvalo, agrotexnik tadbirlarni o‘z...

“Oltin qalam” muborak

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarining fidokorona mehnatini e’tirof...
KunTun
KunTun