Yangi ijtimoiy xizmat yo‘lga qo‘yildi

Date:

Boysun tumanida 18 yoshdan katta ruhiy holati buzilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi kunduzgi parvarish markazi faoliyat boshladi.

“Sho‘rsoy” mahallasida tashkil etilgan “Mehr dunyosi 2” MCHJda xizmat oluvchilarga kunduzgi parvarish, ijtimoiy moslashtirish va mustaqil hayot ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Hozirda markaz xizmatlaridan 8 nafar fuqaro foydalanmoqda.

Mazkur loyiha nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayot sifatini yaxshilash, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish hamda oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlashda muhim qadam bo‘lib, kelgusida xizmat qamrovini yanada kengaytirish rejalashtirilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun