Yoshlar – taraqqiyot va islohotlar markazida

Date:

“Yoshlar kuni” munosabati bilan Qiziriq tumanida tashkil etilgan tadbirlar yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Surxondaryo viloyati prokurori B. Babadjanov ishtirokida o‘tgan ochiq muloqotlarda yoshlarning murojaatlari tinglanib, amaliy yechimlar belgilandi. Mehnat yarmarkasi orqali bir qator yoshlar ish bilan ta’minlandi, ularga o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun zarur uskunalar va imtiyozli kreditlar ajratilishida ko‘mak berildi.


Shuningdek, intellektual, ijodiy va sport musobaqalari tashkil etilib, faol yoshlar munosib rag‘batlantirildi.
Bunday tashabbuslar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash, vatanparvarlik va ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun