Kelajak kasblari sari muhim qadam

Date:

Oltinsoy tuman “Kelajak” markazi tashabbusi bilan “Vaxshivor” sog‘lomlashtirish oromgohida “Mohir qo‘llar – kasb-hunar kuni” tadbiri ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

Tadbir davomida bolajonlar robototexnika, bichish-tikish, shifokorlik va boshqa kasblar bilan yaqindan tanishib, o‘z qiziqish va iste’dodlarini namoyon etdilar. “Kasblar festivali” hamda “Men sevgan to‘garak” loyihalari orqali ular zamonaviy kasblar olamiga qiziqarli sayohat qildilar.

Bunday tadbirlar yoshlarning kasb tanlashga bo‘lgan qiziqishini oshirish, kelajak kasblari haqida tasavvurini kengaytirish va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan bolajonlar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Yozgi ta’til esa ular uchun nafaqat maroqli hordiq, balki yangi bilim va yutuqlar sari muhim imkoniyat bo‘lib xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun