Javobgarlik yanada qat’iylashtiriladi

Date:

Korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirishga qaratilgan yangi qonun Senat tomonidan ma’qullandi.

Endilikda pora olish, pora berish va poraxo‘rlikda vositachilik qilgan shaxslar jazoni muddatidan ilgari shartli ravishda o‘tashdan ozod etilmaydi. Shuningdek, korrupsiyaga oid jinoyatlar ro‘yxati aniq belgilanib, xizmat mavqeidan foydalanib sodir etilgan firibgarlik uchun jazo 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan kuchaytirilmoqda.

Bundan tashqari, xususiy sektordagi poraxo‘rlik hamda davlat xaridlari va budjet tizimidagi qonunbuzilishlar uchun javobgarlik yanada qat’iylashtiriladi.

Mazkur o‘zgarishlar korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni mustahkamlash, qonun ustuvorligini ta’minlash va jamiyatda adolat tamoyillarini qaror toptirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun