Toshkent–Termiz: masofa yanada yaqin

Date:

Koreya Respublikasida Transport vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ vakillari hamda Hyundai Rotem kompaniyasi prezidenti Lee Yong Bae o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda temir yo‘l sohasidagi hamkorlikning joriy holati va istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

Xususan, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ uchun ishlab chiqarilayotgan “Jaloliddin Manguberdi” yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdini belgilangan muddatlarda yetkazib berish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Toshkent–Termiz va Toshkent–Andijon yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yish doirasida 8 ta zamonaviy elektropoyezdni yetkazib berish loyihasi bo‘yicha texnik shartlarni yakuniy kelishish jarayoni muhokama etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma loyihalarni samarali amalga oshirish hamda temir yo‘l transportini modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun