Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Janubiy Koreyaning “Jonghan Industry Co., Ltd.” kompaniyasi direktori Be Kyong Xon bilan uchrashdi.
Muloqot davomida baliqchilik, zamonaviy issiqxona majmualari, agrotexnologiyalar markazi, laboratoriyalar hamda qishloq xo‘jaligi uchun zarur mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, raqamli qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini joriy etish va zamonaviy uskunalarni yetkazib berish bo‘yicha hamkorlik takliflari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda mazkur tashabbuslar viloyatning qishloq xo‘jaligi salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va xorijiy investitsiyalarni jalb etishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Yakunda loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini o‘rganish va amaliy ishlarni boshlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

